TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 2019-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Aliga berildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Efiopiya bosh vaziri mamlakatning Eritreya bilan chegara mojarosini hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan.
Tinchlik yo‘nalishidagi oliy mukofot Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra Stokgolmda emas, balki Oslo shahrida 10-dekabr – mukofot asoschisi vafot etgan kuni topshiriladi.