Tillani og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi - foto

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent
Vstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro o‘z og‘iz bo‘shlig‘iga umumiy vazni 213 grammni tashkil etuvchi 2 dona quyma tilla bo‘laklarini solib, xorijga uchib ketishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroportida quyma tilla bo‘laklarini og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.  

Devushka plavayet v vodoyeme. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya xodimlari o‘zini daroga tashlagan ayolni qutqarishdi

Xabarda aytilishicha, bojxonachilar xorijga uchib ketish maqsadida “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlarini tezkor kuzatuvga olishdi.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro zamonaviy skaner qurilmasi yordamida xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning qing‘ir rejasi fosh etildi.

“Ushbu shaxs o‘z og‘iz bo‘shlig‘iga umumiy vazni 213 grammni tashkil etuvchi 2 dona quyma tilla bo‘laklarini solib, xorijga uchib ketishni rejalashtirgan ekan.

Qonunbuzardan umumiy qiymati 70 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi quyma tilla bo‘laklari ashyoviy dalil sifatida olindi”, - deyilgan xabarda.

© Press-slujba GTK RUzUzbekistanes pitalsya vivezti vo rtu zolotie slitki na 7,5 tisachi dollarov
Tillani og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi - foto - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistanes pitalsya vivezti vo rtu zolotie slitki na 7,5 tisachi dollarov

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0