TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Suriyaning shimoliy janubida boshlangan “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasida bir nafar turk harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari” bilan to‘qnashuv vaqtida 227 raqiblar yo‘q qilindi.
Chorshanba kuni Turkiya prezidenti Rejeb Tayib Erdo‘g‘on Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulog‘i” nomli harbiy amaliyot boshlanishini e’lon qilgandi.
Turkiya yetakchisi amaliyotning uchta maqsadni aytdi: janubiy chegarani terrorchilardan xalos qilish, Suriya hududiy yaxlitligini himoyalash va suriyalarni o‘z yurtiga qaytishini ta’minlash.
Anqaraning bu qadami ayrim qo‘shni davlatlar, shuningdek Yevropa ittifoqi e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Kurdlar bilan hamkorlik qilgan amerikaliklar o‘z qurollarini to‘qnashuv zonasidan olib chiqdilar. Ularning yaqin ittifoqchilari Vashingtonni kelishuvlarni buzishda aybladi.