TOShKENT, 10 okt – Sputnik. O‘zbekiston milliy valyutasi kursi yil oxiriga qadar jiddiy o‘zgarmaydi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
“Avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan so‘ng sentabr-oktabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin o‘zgarishi kutilmayapti”, - deyilgan bank hisobotida.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Markaziy bank valyuta kursini davlat boshqaruv organi tomnidan tomonidan emas, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, valyuta birjasida belgilash haqida farmon chiqargan edi.
Xabarda shuningdek, 2019-yilning 9 oyida milliy valyuta kursi AQSh dollariga nisbatan 13%ga paysaygani aytib o‘tilgan. Xususan, dollar kursi yanvar oyida 8334 so‘mdan sentabr oyida 9457 so‘mgacha ko‘tarilgan.