TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Kengash majlisi 11-oktabrga mo‘ljallangan. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyevning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etishi haqida xabar qilingan edi.