Tergov vaqtida “Barselona”dan ketish haqida o‘yladim – Messi

© AFP 2023 / NELSON ALMEIDALionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Barselona” klubi sardori Lionel Messi unga nisbatan soliq tergovi yuritilayotgan paytda klubdan ketish haqida o‘ylaganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. “Barselona” klubi kapitani Lionel Messi unga nisbatan soliq tergovi yuritilayotgan paytda klubdan ketish haqida o‘ylaganligini ma’lum qildi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Messi - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonlik nogiron bolakay Messi bilan uchrashdi, Pike bilan esa futbol o‘ynadi – video

2016 yilda sud soliqlardan bo‘yin tovlaganligi yuzasidan Messi 21 oy qamoq va 2 million yevro jarimaga tortishga hukm chiqardi.

Ispaniya qonunchiligiga asosan agar ozodlikdan mahrum etish jazosi ikki yildan oshmasa va ayblanuvchi birinchi marta sudlangan bo‘lsa unga jazo shartli choraga almashtirilishi mumkin.

Messi 250 ming yevro jarima to‘ladi.

“To‘g‘risini aytganda, o‘sha vaqtda klubdan ketish haqida o‘ylagandim. Barselona uchun emas, Ispaniyadan ketishni xohlagandim. Nazarimda, ular menga yomon munosabatda bo‘lishdi, men bu yerda qolishni istamadim. Turli variantlar haqida o‘yladim, biroq birorta rasmiy taklif olmadim, chunki hamma men klubda qolishni xohlaganimni bilishgan”, - deydi futbolchi.  

"Barselona" tarkibida Messi o‘n marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, to‘rt marta Chempionlar Ligasida, olti marta Ispaniya kubogida g‘olib chiqdi.

Argentinalik "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0