TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv yuzasidan axborot berdi.
Videoda noma’lum shaxs dalada ruxsatsiz makkajo‘xori terayotgan bobo va nevaralarini ushlab, haqorat qilgan holda o‘g‘rilikda ayblaganligi va “eksportga” katta zarar yetkazayotganligi tasvirlangan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida mazkur holat Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hududida sodir bo‘lganligi, ushbu videoyozuv kadr ortidagi shaxs Mirishkor tumani hokimi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.