AQShda 9 yoshli bola 5 kishining o‘limida ayblanmoqda

© AFP 2023 / JOSH EDELSONPojari v Kalifornii, SShA
Pojari v Kalifornii, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda 9 yoshli bola ichida uch nafar yosh bolali oila bo‘lgan ko‘chma uyni yoqib yuborishda ayblanmoqda. Yong‘inda 5 kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Illinoys shtatining 9 yoshli fuqarosi 5 kishini o‘ldirishda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda AQShning Peoria Journal Star prokuror Greg Mingerga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 6-aprel kuni uyiga yaqin joyda joylashgan ko‘chma uyni yoqib yuborgan. Olovda 5 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 3 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Yonayotgan ko‘chma uydan 2 kishi qutulib qolgan.

Yong‘in tungi soat 11da boshlangan, yog‘och uy juda tez yonib ketgan, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda butun uy olov ichida bo‘lgan.

Prokuror aytishiga qaraganda, yosh bola ustidan hukm chiqarish uning uchun oson bo‘lmagan.

– Bu albatta tragediya, lekin ayblanuvchi ham juda yosh va u eng og‘ir jinoyatlardan birida ayblanmoqda. Nima bo‘lganda ham unga qamoq jazosi berilmaydi. Unga 5-yillik sinov muddati berilishi mumkin xolos”, - deydi prokuror.

Yangiliklar lentasi
0