Putin va Medvedevning maoshi oshirildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin o‘zi va Dmitriy Medvedevning maoshini oktabrdan boshlab 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil 1-oktabrdan prezident va bosh vazirga to‘lanadigan maoshni 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Putin na otdixe v sibirskoy tayge - Sputnik O‘zbekiston
Putin Sibir o‘rmonida hordiq chiqardi – video

Farmon bilan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish vazirlari, Tergov qo‘mitasi rahbari, Bosh prokuror, FQX direktori, Milliy gvardiya boshlig‘i, Tashqi razvedka xizmati direktori, FQX direktori, davlat felyegerlik xizmati direktori, Xavfsizlik Kengashi kotibi, Hukumat raisining birinchi o‘rinbosari, Markaziy saylov komissiya raisi va uning o‘rinbosarlari, inson huquqlari bo‘yicha vakilning ish haqi miqdori oshirildi.

Hujjatga asosan hukumatga ushbu harakatlarni moliyalashtirishni ta’minlash haqida topshiriq berildi.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, maosh rejali indeksatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0