Gollivud yulduzlari o‘zbek tarixiy filmida

Obuna bo‘lish
Loyiha ingliz tilida bo‘lib, unda Gollivud aktorlari ishtirok etadi. Aktorlarning to‘liq tarkibi ochiqlanganicha yo‘q.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekistonda “Sultona” nomli tarixiy filmning tasvirga olinish ishlari 2020-yildan boshlanishi ma’lum qilindi.

Loyihani MDHda eng yirik telekontentni ishlab chiqaruvchi kinokompaniya – Star Media tatbiq etadi.

Syomki mnogoseriynogo filma Zuleyxa otkrivayet glaza - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkino" Rossiya kinokompaniyalari bilan kelishuvlar imzolaydi

“Sultona” teleseriali - xalqaro loyihasi yuzasidan hamkorlik rejalari Star Media asoschisi va bosh produsseri Vladislav Rashin bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, teleserial tasvirlari Samarqand, Buxoro va Xivada olib borilishi kutilmoqda.

Loyiha tamomila ingliz tilida bo‘lib, unda Gollivud aktorlarining ishtiroki rejalashtirilgan. Biroq, aktorlarning to‘liq tarkibi aytilganicha yo‘q.

Serial sujeti tomoshabinni XVII asr voqeliklariga ro‘baro etadi. Shunday bo‘lsa-da, undagi geosiyosat, hokimiyat uchun kurash va muhabbat kabi mavzular bugun ham o‘ta aktualdir.

Olti seriyadan tashkil topgan ilk mavsum budjeti 20 mln. AQSh dollariga teng bo‘lib, uning davomi - ikkinchi mavsumi olinishi ham rejalashtirilgan. 

© Press-slujbaO‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va Star Media vakillari
Gollivud yulduzlari o‘zbek tarixiy filmida  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va Star Media vakillari

Qolaversa, Star Media kelgusi yilning o‘zidayoq “Toshkent – non shahri” filmining tasvirlariga ham kirishmoqchi. O‘zbekiston milliy kinokomissiyasining ta’kidlashicha, bunda mashhur o‘zbek rejissori Shuhrat Abbosov qalamiga mansub afsonaviy nomdosh kinotasmaning remeyki haqida gap ketayotgani yo‘q. Bu tamomila yangicha hikoya bo‘lishi kutilmoqda.

“Mamlakatingizda “Sultona” teleserialidan tashqari Rossiyaning “Perviy kanal” loyihasi bilan hamkorlikda “Toshkent – non shahri” filmini ham rasmga tushirayotganligimizdan hursandmiz. Respublikadagi barcha loyihalarimiz O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ko‘magida amalga oshiriladi”, - dedi Vladislav Rashin.

Rossiyalik ekspert kelgusi yil 1-yanvardan O‘zbekistonda rebate tizimi joriy etilishiga alohida e’tiborini qaratdi. Bu tizimga ko‘ra, respublikada kinomahsulotini ishlab chiqarayotgan xorijiy kinokompaniyalar harajatlarini qisman qoplay oladi. Bu, uning fikricha, chet ellik kinokompaniyalar uchun rag‘batlantiruvchi omil rolini o‘taydi. Ya’ni, xorijlik kinochilar O‘zbekistondagi turli janrlarda filmlarni tasvirga tushirish uchun noyob hududlarga e’tiborini qarata boshlaydi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi O‘zbekiston Davlat turizmi qo‘mitasi ko‘magida mamlakat hududida audiovizual mahsulotlarni tashkil etishda ishtirok etayotgan xorijiy kinokompaniyalarga beminnat asosda tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik ko‘magini ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0