O‘zbekistonda aralash yakkakurash turniri bo‘lib o‘tadi – Habib Nurmagomedov

© Sputnik / Said SarnayevChestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale
Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habib Nurmagomedov 2020-2021 yillarda O‘zbekistonda MMA maktabi ochadi va UFC chempionati o‘tkazishini e’lon qildi.

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-2021 yillarda ilk bor Global jangchilar  chempionati o‘tkaziladi. Bu haqida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov  Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Synergy Global Forumda aytib berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi

“Biz O‘zbekistonda ilk bor GFC 20 musobaqasini o‘tkazamiz. Rejaga ko‘ra unda 7 nafar o‘zbekistonlik va 6 nfvar rossiyalik jangchilar ishtirok etadi. Jang "Xumo arenada" bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hukumati ko‘magida”, - dedi Nurmagomedov.

Undan tashqari Habib O‘zbekistonda Aralash yakkakurash san’atini (MMA) rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini va respublika hududid o‘z sport akademiyasini ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

“O‘zbekistonda mening ko‘p do‘stlarim, muxlislarim bor. Dunyoning qayerida bo‘lgan bo‘lsam, o‘zbeklar oldimga kelib menga omad tilashadi”,  - dedi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov MMAning yengil vaznida yengilmagan chempion. U 28ta jang o‘tkazib 28ta g‘alaba qozongan. Nurmagomedov aytishiga qaraganda, u o‘z sport karyerasini 30ta jang bilan yakunlash niyatida.

Yangiliklar lentasi
0