Tarixda ilk bor - o‘zbekistonlik suzuvchi JCh shohsupasiga ko‘tarildi

© Olimpiyskiy komitetVladislav Mustafin, brass
Vladislav Mustafin, brass  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vakili sport tarixida ilk bor suzish bo‘yicha jahon chempionati medaliga sazovor bo‘ldi - Olimpiya qo‘mitasi.

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Tarixda ilk bor suzuvchimiz Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tgayotgan suzish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichida o‘zbekistonlik suzuvchi Vladislav Mustafin uchinchi o‘rinni egallagan.  

Jahon kubogining Erkaklar orasida 50 metrga brass uslubida suzish bo‘yicha sportchilar quyidagi natijalarni ko‘rsatishgan:

  • Oltin medal  - Arno Kammin, Niderlandiya, 27.13 daqiqa;
  • Kumush medal - Saba Siladi, FINA, 27.41 daqiqa;
  • Bronza medal - Vladislav Mustafin, 27.46 daqiqa.

Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan aksariyat jahon chempionatlari yakunlari bo‘yicha sportchilar Tokioda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritmoqdalar. Bu safar suzish bo‘yicha O‘zbekistonga ham yo‘llanma berishsa ham ajab emas.

Yangiliklar lentasi
0