TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Niderland hukumati mamlakatning ikkinchi nomi – "Gollandiya" degan nomdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqida Adformatie portaliga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Niderland hukumati fikriga ko‘ra “Gollandiya” nomi turistlar xayolida narkotiklar va “qizil chiroqlar kvartali” bilan bog‘liq assotsiatsiyalar uyg‘otadi.
Niderland nomi ostida ular o‘z davlatining yangi imidjini qurishga qaror qilishgan. Bundan buyon yirik xalqaro tadbirlarda faqat Niderland nomidan foydalaniladi. Masalan, Yevrovidenie-2020 tanlovida.
Rebrending ushbu davlat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa sport sohasida futbol musobaqalari, Tokiodagi Olimpiada-2020 va boshqa tadbirlardan faqat Niderland nomidan foydalaniladi.