Burgut yordamida Alp tog‘larining ajoyib manzarasi videoga olindi

Obuna bo‘lish
O‘zingizni bolakay Nilsdek his qiling - burgut qanotlari orasiga o‘rnatilgan kamera ajoyib manzalarlarni suratga oldi.

Olimlar suv burgutining (orlan) qanotlari orasiga kamera o‘rnatib uni Alp tog‘lari ustidan uchirishdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tajriba yordamida olimlar tog‘ cho‘qqilaridagi muzliklar qanday ahvolda ekanini tekshirmoqchi bo‘lishgan.

Natijada olimlar Alp tog‘lari chuqqisidagi muzliklar intensiv eriyotganining guvohi bo‘lishdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, erish shu tezlikda ketaversa asr oxirida tog‘da umuman qor qolmaydi. Sabab – global iqlim isishidir.

Shu bilan birga alp tog‘lari ustidan qush parvozi balandiligida suratga olingan juda go‘zal manzaralarni tomosha qilish mumkin. Ushbu videoni tomosha qilgan kishi o‘zini qushlar yelkasida parvoz qilgan bolakay Nilsdek his qilsa ajab emas.  

Suv burguti (Orlan) – bu uzunligi 75-100 sm bo‘lgan, suv qirg‘og‘iga yaqin hududlarida yashaydigan yirtqich qushdir. Suv burgutining oddiy burgutdan farqi – uning baliq bilan ozuqlanishida. Shu sabab suv burgutining panjalari patsiz bo‘ladi va ularda silliq o‘ljani ushlab turishga moslashgan tishlari bor. Tashqi ko‘rinishi ham oddiy burgutdan biroz farqlanadi – uning tumshug‘i kattaroq va dumi uchburchaksimon bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0