TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Yoqutistonda sobiq deputat Aleksandr Krilov ayiq hujumining qurboni bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sobiq parlamentariy, Yakutsk shahridagi Qurilish bozori egasiga Krilov do‘stlari bilan Oymakon tumaniga ovga jo‘nab ketgan.
U kvadrotsiklda Tomtor qishlog‘i tomonga ketayotgan vaqtda yo‘ldan ayiq chiqib qolgan. Sobiq deputat ayiqni otgan, so‘ngra uning oldiga yaqinlashmoqchi bo‘lgan. Shu payt yaqin o‘rtada bo‘lgan boshqa bir ayiq unga tashlagan.
“Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar tasdiqlandi. Aleksandr Krilovning jasadi vezdexodda Tomtor qishlog‘iga olib borilmoqda”, - degan shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Igor Vodovozov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabarovsk o‘lkasida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochgani xabar qilingan edi.