Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus va Ukraina regionlarining Jitomirdagi forumida Ukrainani yanglishib Rossiya deb atadi.
“Bilasizmi, Vladimir Aleksandrovich, Rossiya mintaqalarining bu maydonchasi, mintaqalar rahbarlarining bevosita aloqalari bizga 6 mlrd. dan ko‘proqqa tezroq yaqinlashishga yordam berdi...”, - deb aytgan Lukashenko nutqi vaqtida.
Vladimir Zelenskiy Belarus prezidentining gapini bo‘lib: “Ukrainaning, Aleksandr Grigoryevich”, - deya uning gapini tuzatgan Zelenskiy.
Lukashenko bunga javoban hazil tariqasida Zelenskiyga: “Men qo‘rqib ketdim, o‘ylabmanki, nahotki “Vladimir Vladimirovich” (Rossiya prezidenti Putinning ism-sharifini nazarda tutgan holda – tahr.) deb yuborgan bo‘lsam.
Uning so‘zlaridan keyin zalda kulgi ko‘tarilgan.