TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida ikki nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi (Rossiya) 2019-yil 3-oktabr kuni Leningrad viloyati hududida Neva darosida O‘zbekiston fuqarosi Sh.M.ning jasadi topilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 4-oktabr kuni Olmaota viloyatining Talg‘ar tumanida qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosi Q.B.ning jasadi topilgan.
Qotillik fakti bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochilgan.
Bosh konsulxona yuqoridagi har ikki holat vaziyatni nazoratga olgan, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadini vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.