O‘zbekiston banklari o‘tkazmalar va ish haqining kechiktirilishi uchun jarimaga tortiladi

Obuna bo‘lish
To‘lanadigan jarima qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan moliyaviy korxona bosh hisobchisi va rahbari hisobidan qisman qoplanadi.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun moliyaviy korxonalarni jarimaga sola boshlaydi, xabar beradi Norma.uz.

Jarimalarga, xususan, quyidagi hollarda tortiladi:

-          mijozlarga ish haqining naqd qismi (0,005%) to‘lanishidagi kechikishlar;

-          elektron to‘lovlarni amalga oshirishda kechikishlar (har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, lekin to‘lov summasini 10% idan ko‘p bo‘lmagan);

-          bank aybi bilan yanglishib yuborilgan elektron to‘lovni qaytarishda kechiktirmalar (har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, lekin to‘lov summasini 10% idan ko‘p bo‘lmagan);

-          pul mablag‘larining hisobga o‘tkazilishi va yechilishi tartibida qoidabuzarlik (0,1%), barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan holatda ham hisob ochishda kechiktirish yoki bundan bosh tortish (0,2%).

Avtoishonchnoma, trade-in, migrantlarga mikroqarz yoxud 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi

Ma’lumotga ko‘ra, sanksiyalar bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilishi zarur.

Shu bilan birga, nizomda moliyaviy korxonalar qaysi hollarda jarimalarni to‘lashdan ozod etilishi to‘g‘risida ham ma’lumot berilgan. Ular qatoriga fors-major holatlar, shu jumladan, banklararo elektron to‘lovlar tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tanaffuslar; mijo tomonidan bankka qonunchilik talablariga javob bermaydigan to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda bank yoki mijoz hisob raqami bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilishi kiritilgan.

MB ayrim banklar man etilgan komission haqlarni undirganini aniqladi

Tijorat banklariga barcha jarimalar sud qarori asosida qo‘llaniladi, shuning uchun yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklarga uchragan mijozlar sudga da’vo bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

To‘langan jarima qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan moliyaviy korxona (filial) bosh hisobchisi va rahbari hisobidan qisman qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0