Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston provayderlari va ushbu sohadagi sanoat korxonalari vakillari hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (ICAO), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) va Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (MAK) delegatlari ishtirok etishdi.
“Yevroosiyo” KK a’zosi bo‘lgan aeronavigatsion korxonalar o‘z faoliyatlari haqida 2019-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi majlisdan buyon o‘tgan davrga doir hisobotlar taqdim etishdi. Shuningdek, Ekspertlar koordinatsion guruhi faoliyati hisoboti tinglandi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Undan tashqari havo transportini tashkillashtirish borasida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari belgilab olindi.
Tadbir doirasida “Yevroosiyo” KKda raislik vazifasi Rossiya Federatsiyasining “Havo harakatini tashkil qilish davlat korporatsiyasidan” Qozog‘iston Respublikasining "Kazaeronavigatsiya" davlat korxonasiga topshirildi.
Majlisda “HHTQ Davlat korporatsiyasi” bosh direktori Igor Moiseyenko “Yevroosiyo” KKning Rossiya raislik qilgan davri 2016 – 2019-yillardagi faoliyati yakunlari haqida hisobot berdi. Shuningdek, Moiseyenko tashkilotning uzoq muddatli rivojlanish istiqbolidagi ustuvor yo‘nalishlarni ham belgilab berdi. HHTQ rahbari Rossiyada havo harakati hajmida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, havo harakati boshqarish markazlarini yiriklashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar, parvozlar yuqori intensivligi davrida ularning doimiyligini va xavfsizligini ta’minlash, Saratovda Gagarin aeroportini ishga tushirish hamda Sheremetyevo aeroportida uchinchi qo‘nish yo‘lagini ishga tushirish haqida aytib berdi.
Undan tashqari, Igor Moiseyenko Rossiya havo harakatini tashkillashtirish Yagona tizimini zamonaviylashtirish, kadrlar tayyorlashdagi ustuvor masalalar borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi. HHTQ rahbari, shuningdek, uchuvchisiz havo apparatlarni va tizimlarini yagona havo hududiga kiritishda tajriba almashish muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi.
Taklif qilingan mehmonlar va delegatlar mezbon "Kazaeronavigatsiya" DK va uning rahbari Azat Bekturov tomonidan tadbir yuqori darajada tashkillashtirilganini qayd etishdi. Kengash oxirida KK va KEGning 38-majlisi 2020-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi belgilab olindi.
Maqola tijoriy asosda chop etildi.