Hokimlik: Namangandagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPosetiteli katayutsya na attraksione
Posetiteli katayutsya na attraksione - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida 18 yoshli qiz yangi attraksionni sinovdan o‘tkazish vaqtida halok bo‘lgan edi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi.

Namangan viloyati hokimligi 2019-yil 30-sentabr kuni Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksioniga sinovdan o‘tkazilayotgan vaqtda ruxsatsiz chiqib olishi natijasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumgan 18 yoshli E.X. oilasiga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Attraksion v parke - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda harakatdagi attraksion ikkiga bo‘linib ketdi - dahshatli video

Ta’kidlanishicha, fojia qurboni bo‘lgan yosh qiz, bog‘dagi suv havzasi qutqaruvchisi sifatidagi ish joyini tashlab, sinov tariqasida harakatlantirilayotgan attraksionga texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan holda chiqqan va bu baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Ish joylarida texnika xavfsizligini ta’minlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish kerakligini ko‘rsatadi.

Viloyat hokimligi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan holat yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borilmoqda.

“Shu bilan birga, so‘nggi paytlarda respublikamizning boshqa joylarida ham istirohat bog‘larida faoliyat olib borilayotgan attraksionlarda ko‘ngilsiz holatlar yuz berayotganini hisobga olgan holda, Namangan viloyatida mavjud barcha attraksionlarni navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi”, - deyiladi xabarda.

Samarqandda qiz nega katta tezlikdagi attraksiondan qulab tushgani ma’lum bo‘ldi – video

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida 18 yoshli qiz sinovdan o‘tkazilayotgan attraksionga ruxsatsiz chiqqani va baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0