TOShKENT, 4 okt – Sputnik. “Miss Moskva - 2015” Oksana Voyevodina sobiq turmush o‘rtog‘i Muhammad Vdan omma oldida janjal qilmaslikni so‘radi.
Voyevodina sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘tgan yilning dekabr oyidan beri ko‘rishmaganligini ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, Muhammad V undan va farzandidan yashirinib, mojaroni keng ommaga oshkor qilmoqda.
“Men uning hatti-harakatlari uchun uzr so‘rayman. Umid qilaman, u obro‘si haqida o‘ylab, janjalni to‘xtatadi”, - deb yozgan u Instagram sahifasida.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Miss-Moskva” go‘zallik tanlov g‘olibi va sobiq qirol o‘tgan yil noyabr oyida turmush qurishgan. Ikki oydan so‘ng Muhammad V taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi.
21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.