Veyperlar orasida yangi epidemiya aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishUchastnik na spetsializirovannoy vistavke vape-industrii, foto iz arxiva
Uchastnik na spetsializirovannoy vistavke vape-industrii, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektron sigaretalar oddiy tamakiga "nisbatan zararsiz" deb hisoblaydigan chekuvchilar diqqatiga. AQShda veypning birinchi qurbonlari aniqlandi.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Elektron sigaretalar (veyp) tarkibidagi toksik moddalar chekuvchilar o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin, deyilgan Minnesota shtati Mayo shifokorlari o‘tkazgan tadqiqodi xulosasida radio Sputnik xabariga asosan.

“Lipidlar (mineral yog‘lar - tahr.) ahamiyatini kamaytirmasdan ma’lum qilish kerakki, veyper iste’molchilarida aniqlangan o‘pka shikastlanishlari - nafas olish yo‘lidagi kimoviy pnevmonitning rivoj topayotganidan darak beradi. Pnevmonitning bu turi bir yoki undan ortiq toksik moddalarning nafas yo‘llariga singib o‘tishi bilan rivojlana boshlaydi”, - deyiladi tadqiqotda.

Nyu-York shtati Sog‘liqni saqlash departamenti AQShda shu kunlarda elektron sigaretalarining faol iste’molchilari orasida avj olgan o‘pka kasalliklarining sababi - chekiladigan aralashma tarkibida E vitamini borligida, deb xabar qilgan edi. Shu bilan birga, departament xodimlari avj olgan o‘pka va nafas yo‘llari kasalliklarining sabablari to‘g‘risida yakuniy xulosa chiqarishga hali erta, deb e’tirof etgan.

Mujchina kurit kalyan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jamoat joylarda kalyan chekish man etilishi mumkin

Butun dunyoda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida trendga aylanib borayotgan veypingning dastlabki “qurbonlari” to‘g‘risida 2019-yil avgustida qator internet-nashrlarda ma’lumot paydo bo‘lgan edi. AQShning 10 ta shtatida elektron sigaretalarning chekilishi bilan bog‘liq 12 ta o‘lim holati tasdiqlangan.

Amerikada kasalliklarni nazorat qilish va ularni oldini olish markazi (US Center of Disease Control and Prevention) 771 nafar kasallanganlar orasida o‘tkazgan tahliliga ko‘ra, ularning 69% - erkaklar, deyarli uchdan ikki qismi (62%) – 18 dan 34 yoshgacha; bemorlarning 22% – 18 dan 21 yoshgacha, 16% esa 18 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0