Ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdoriga o‘zgartirish kiritiladi

CC0 / pixabay / Tonirovannoe steklo avtomobilya
Tonirovannoe steklo avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 126-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida” qonun loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 126-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida” qonun loyihasi tayyorlandi.

“Tonirovka” uchun yangi narxlar - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun yangi narxlar

Hujjatga ko‘ra, MJTKning 126 – moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“126-modda. Ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish, shuningdek transport vositalari oynalarini ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish)

Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”

Ushbu qonun qabul qilinsa, moddaning birinchi qismi bo‘yicha huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yganlar 2,2 mlndan 3,3 million so‘mgacha, ikkinchi qismi bo‘yicha esa 11,2 mln so‘mdan 15,6 mln so‘m atrofida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Hujjat 17-oktabrgacha muhokama qilinadi.  

Yangiliklar lentasi
0