TOShKENT, 2 okt - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro Yadroviy tadqiqotlar birlashgan institutida (YaTBI) a’zoligini tiklamoqda.
Bir necha kun oldin O‘zbekistonning ATBIdagi muxtor vakili etib tayinlangan akademik Behzod Yuldashevning va institut direktori akademik V.Matveyev hamda vitse-direktori M.Itkis bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning YaTBIdagi to‘laqonli a’zoligini qayta tiklash jarayoni hamda ilmiy tadqiqotlar va kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yuldashev aytishiga qaraganda, YaTBIda to‘laqonli a’zoligini tiklash, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘z ilmiy-texnik dasturlarini rivojlantirishga hamda YaTBI orqali xalqaro loyihalarda ishtirok etish uchun imkon yaratadi.
Hamkorlik nafaqat yadro fizikasi va balki radiokimyo, axborot texnologiyalari va materialshunoslik kabi sohalarda ham olib borilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, "Dubna" universitetida ham o‘zbekistonlik yosh kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, akademik Yuldashev YaTBIda 1960-70 yillarda O‘zbekistondan 70 tagacha mutaxassislar ishlaganini va bu yerda respublika uchun 300 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, 20 nafar fan doktorlari va 100 dan ziyod fan nomzodlari tayyorlanganligini qayd etib o‘tdi.
YaTBI vitse-direktori M.Itkis o‘zbekistonlik hamkasblar bilan aloqalar haqiqatda to‘xtatilmaganini ta’kidlab, mamlakatning institut tarkibiga qaytadan kirishi o‘zbek olimlarining faoliyati uchun har tomonlama qulay ilmiy makonni vujudga keltiradi.
Yadroviy tadqiqotlar birlashgan instituti 60-yillik tarixga ega butun dunyoda mashhur ilmiy markaz bo‘lib, unga bugungi kunda 18 ta davlat a’zo. Xalqaro nodavlat tashkilotining asosiy maqsadi moddaning fundamental xususiyatlarini o‘rganish yo‘lida a’zo-davlatlarning ilmiy va moddiy salohiyatini birlashtirishdan iborat.