Zargarlik buyumlarini olib kirish va sotishga doir hukumat qarori tasdiqlandi

© Foto : PUBLIC DOMAINProdaja ukrasheniy. Arxivnoe foto
Prodaja ukrasheniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Yuvelirnie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona xodimlari qariyb 500 gramm zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ushbu ma’lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o‘tkaziladi.

Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.

Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0