Rossiya o‘zbekistonlik talabalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi – Matviyenko

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bugun u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi bilan uchrashdi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya oliygohlarida 29 ming o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ulardan 5 ming talaba davlat stipendiyalari hisobidan o‘qimoqda.

Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi - Matviyenko

Bu haqda Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda aytdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Biz zamonaviy kadrlarni o‘qitishda faol yordam bermoqdamiz. Yigirma to‘qqiz ming o‘zbekistonlik talabalar turli mutaxassisliklar bo‘yicha Rossiya oliygohlarida tahsil olmoqda. Shu o‘rinda besh ming talaba davlat stipendiyasi hisobidan o‘qimoqda. Shu yilning o‘zida 223 ta davlat stipensiyalari ajratildi”, - deb ta’kidladi Matviyenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada O‘zbekistonga deyarli eng ko‘p davlat stipendiyalari ajratilgan.

“Bugungi kunda Rossiyaning sakkizta yetakchi universitetlari O‘zbekistonda filiallarini ochilgan. Ikkinchi darajali emas, balki aynan yetakchi oliygohlar", - deb qo‘shimcha qildi Rossiya Federatsiya Kengashi raisi.

Yangiliklar lentasi
0