TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan mehnat muddatini uch yildan bir yilgacha qisqartirishni nazarda tutgan qonun kuchga kirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Fuqarolikni olishning ushbu usuli bilan endi Rossiyada Mehnat vazirligi ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishlayotgan chet elliklar foydalanishi mumkin. Ushbu ro‘yxatga 74 ta kasb kiritilgan – ular asosan tibbiyot, muhandislik va ishchi mutaxassisliklar tashkil etadi.
Tegishli qonun iyun oxirida Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan. Prezident qonunni 3-iyul kuni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati mamlakat fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi yozilishicha, kelajakda migratsiya siyosatini amalga oshirilishida boshqa fuqarolikdan voz kechish majburiy talabini bekor qilishga imkon beradi. Hujjat hukumat tomonidan ma’qullangan.
Bundan tashqari, Rossiya oliygohlari, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining yetakchi o‘quv muassasalarida tahsil olgan xorijliklar uchun vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash huquqini beruvchi hujjat va fuqarolikni olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha rejalarni ham o‘z ichiga oladi.