TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif davomida nimalar rejalashtirilayotgani ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
“Biz hozir kelgusi yilning fevral oyi boshida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Tashrif davomida 12 ta yangi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanishi kutilmoqda”, - dedi Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Matviyenko ushbu tashrif doirasida birinchi Rossiya-O‘zbekiston gumanitar forumi bo‘lib o‘tashini qayd etdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.