TOShKENT, 2 okt – Sputnik. “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.
2019 yil 1-oktabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.
Shuningdek, qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun QQS to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi.