Farg‘onadagi YTHda ikki maktab direktori o‘rinbosari halok bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashina simog‘ochga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida haydovchi 25-sonli maktab direktor o‘rinbosari hamda oldi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi 26-sonli maktab direktor o‘rinbosari voqea joyida halok bo‘lgan.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimining tungi selektor yig‘ilishiga ketayotgan ikki maktab direktori o‘rinbosari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida, 29-sentabr kuni soat 20.45larda Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktabning direktor o‘rinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir simog‘ochga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan. 

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi

Yong‘in natijasida avtomashina haydovchisi hamda oldi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli maktabning direktor o‘rinbosari U.Sh.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchilar Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-sonli maktabning direktor o‘rinbosari T.L. va Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limi qorovuli M.B.lar tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarda Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari viloyat Hokimiyatiga kechki selektor yig‘ilishiga chaqirtirilganligi ko‘rsatilgan, biroq o‘rganishlar jarayonida shu kuni, ya’ni 29-sentabrda Farg‘ona viloyati Hokimligida yig‘ilish yoki selektor o‘tkazilishi belgilanmaganligi, shuningdek, yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy yumushlari bilan Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahriga ketishayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0