O‘zaro hamkorlikda kelgusi "o‘sish nuqtalari" aniqlab olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChetvertoe zasedanie uzbeksko-rossiyskogo Delovogo soveta v Tashkente
Chetvertoe zasedanie uzbeksko-rossiyskogo Delovogo soveta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya delegatsiyasi vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston bugungi kunda Rossiya biznesi uchun eksport jozibadorligi bo‘yicha hamda rossiyalik investorlar uchun manfaatli hamkorlar qatorida birinchi o‘rinni egallaydi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Toshkentda RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi V.Matviyenko rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Rossiya Savdo-sanoat palatasi sayti.

Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi, Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi prezidenti Fedor Degtarev Rossiya biznesining o‘zbek bozoriga qiziqishining tobora ortishi yuzasidan mulohaza qilar ekan, u “bugungi kunda O‘zbekistoning xo‘jalik subyektlari bilan Rossiyaning deyarli barcha regionlari hamkorlik o‘rnatgan", deydi. Bularning qatorida eng faollari sifatida Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston va Boshqortiston Respublikalari, Krasnodar o‘lkasi, Chelyabinsk, Orenburg, Novosibirsk, Sverdlovsk, Tumen, Ivanov va Samara viloyatlari sanab o‘tildi.

Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilos Umaxanov, mazkur kengash yig‘ilishining asosiy maqsadi - mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun har jihatdan qulay sharoitlarning qonuniy asoslarini ta’minlab berishdan iborat ekanligini aytib o‘tdi. 

“Rossiya kompaniyalari bugunda, haqiqatdan ham, O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishlari yuqori. Rossiyalik investorlar uchun respublika, manfaatdorlik nuqtayi nazaridan, birinchi o‘rinda”, deya qayd etdi rossiyalik senator.

Majlisning boshqa ishtirokchisi Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko  o‘z chiqishi davomida O‘zbekiston bilan mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni taraqqiy ettirish kerakligini ta’kidladi.

“O‘zbekiston bugun Rossiya biznesi uchun eksport jozibadorligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi”, - dedi V.Padalko. Kichik va o‘rta tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni rivoj toptirish, o‘zaro o‘sish nuqtalarini hamda investitsiya uchun salohiyatli loyihalarni aniqlash bo‘yicha tahliliy faoliyatni kuchaytirish kerakligiga alohida e’tiborini qaratdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered nachalom gala-konserta po sluchayu provedeniya zasedaniya Soveta glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS). - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga qachon borishi ma’lum bo‘ldi

Palata vitse-prezidenti, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik borasidagi siyosatda o‘zaro tajriba almashinuvi muhimligi va bu ma’noda, O‘zbekistonda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning tadbiq etilgandan keyingi ilk amaliy natijalariga Rossiya Savdo-sanoat palatasining qiziqishi yuqori ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbir doirasida transport xavfsizligi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha AO «GLONASS” va «SMARTGEO» MChJ o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.


2018 yil natijalari bo‘yicha, Rossiyaning Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovarayirboshlash 20% ga oshdi va 4,4 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etdi; eksport 26,5%ga – 3,3 mlrd. AQSh doll.gacha oshdi; import esa 3,5% ga, ya’ni 1,1 mlrd. AQSh doll.ga yetdi.

2019 yil yanvar-iyul oylarida Rossiya va O‘zbekiston tovarayirboshlash ko‘rsatkichlari 11,9% ga o‘sib, 2,7 mlrd. doll.ni tashkil etdi. Shu o‘rinda, eksport – 13,1% ga – 2 mlrd. AQSh doll.gacha, import – 8,3% - 700 mln. AQSh doll.gacha o‘sdi.

Yangiliklar lentasi
0