Qamoqdan qochib ketgan o‘ta xavfli o‘zbekistonlik jinoyatchi Qirg‘izistonda ushlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Batkent viloyati IIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkak Toshkentda qotillik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etganligi uchun qamalgan. Biroq 2010-yilda u qamoqdan qochib ketgan.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning Batkent viloyati Qadamjoy tumanida muqaddam vatanida qotillik va nomusga tegish jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Toshkentda qamoqxonadan qochgan jinoyatchi qidirilmoqda

Batkent viloyati IIB matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, erkak Toshkentda qilgan jinoyatlari uchun mahkum qilingan, biroq 2010-yilda qamoqxonadan qochib ketib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan yashirinib yurgan. 2016-yilda qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Qizil-Qiya shahri va Qadamjoy tumanida yashirinib yurgan. U oila qurishga va ismini o‘zgartirishga ulgurgan.

Yusupova 36 yoshli o‘zbekistonlikni Qizil-Qiya militsiya xodimlari qo‘lga olishganini ta’kidlagan. Tergov jarayonida uning haqiqiy ismi oshkor bo‘lgan. Ish materiallari Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirilgan.

“Qo‘lga olingan shaxs ustidan bir necha mahalliy aholi tomonidan shikoyat kelib tushgan. Ular erkak ularni 300 ming somga (4311 dollar) aldaganini ma’lum qilishmoqda. Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - degan Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova

Shuningdek, u qo‘lga olingan shaxs hozircha O‘zbekistonga topshirilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0