TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bugun, 1-oktabr kuni Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Senat axborot xizmatining xabar qilishicha, martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Rossiya spikerining Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, Matviyenkoning tashrif doirasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi federatsiya kengashi hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o‘tkazilishi, O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federal Majlisi federatsiya kengashi devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.