QQS o‘zgarishi tufayli tadbirkorlar birinchi navbatda nima qilishlari kerak

© Press-slujba Gosudarstvennogo nalogovogo komitetaKontrolno-kassovie apparati
Kontrolno-kassovie apparati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
QQS kamayishi munosabati bilan barcha kassa apparatlari qayta dasturlanishi kerak – soliq qo‘mitasi raisi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Ma’lumki O‘zbekistonda 1-oktabrdan Qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 %dan 15%ga kamaytirildi. Ushbu munosabat bilan tadbirkorlar birinchi navbatda nima ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savolga Soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev javob berdi. Xalq so‘zi xabariga asosan.

– Shu kungacha nazorat-kassa apparatlari xotirasiga yozilgan formulaga muvofiq, xarid qilingan mahsulotlar uchun 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlab qolinardi. 1-oktabrdan bu amaliyot 15 foiz etib belgilangani bois nazorat-kassa apparatlarini qayta tizimlash zarurati tug‘iladi. Muddati tugamagan shartnomalarga esa tuzatish kiritiladi. Shuningdek, biznes subyektlari imzolagan har bir shartnomani qayta inventarizatsiya qilishi kerak, - dedi qo‘mita raisi.

Musayev aytishia qaraganda Soliq qo‘mitasi QQSni kamaytirish taklifini 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etishni taklif qilgan, lekin prezident ushbu amaliyotni 1-oktabrdan joriy qilishga qaror qilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ tejab qolinadi.

Yangiliklar lentasi
0