Ko‘kchada 4ta kam ta’minlangan oila uylari yonib ketdi

© SputnikObespechenie bezopasnosti narodnix gulyaniy vo vremya prazdnovaniya Dnya nezavisimosti i Kurban-xayita
Obespechenie bezopasnosti narodnix gulyaniy vo vremya prazdnovaniya Dnya nezavisimosti i Kurban-xayita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherzod Qudratxo‘jayev Facebook orqali Ko‘kchada o‘ylari yonib ketgan kam ta’minlangan oilalarga yordam berishni so‘radi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Bugun Toshkentning Ko‘kcha mavzeidagi Nurafshon mahallasida 4ta yonma-yon joylashgan uylar yonib ketdi. Bu haqida Sherzod Qudratxo‘jayev o‘zning Facebookdagi  sahifasida xabar qildi.

Vzriv na gazoprovode - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Xitoy gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi

Qudratxo‘jayev aytishiga qaraganda, ushbu uylar kam ta’minlangan oilalarga qarashli bo‘lgan va qishgacha, yog‘ingarchilik boshlanganicha uylarini yopib olishlari uchun  yordam kerak. Jabrlanganlar har qanday yordamni qabul qilishga tayor: hoh u oziq-ovqat bo‘lsin, xoh ishchi kuchi, qurilish materiallari yoki pul mablag‘lari.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon O‘zbekistonda 7,5 mingdan ortiq yong‘inlar sodir bo‘lgan. Ularda 76 kishi halok bo‘lgan va 208 kishi tan jarohati olgan.

Yangiliklar lentasi
0