Bugungi kunda Gruziyada ishsizlik katta muammoga aylanib bormoqda. Bir necha oylab ish topa olmagan fuqarolari katta yo‘l bo‘yiga chiqib kunlik, har qanday ishlarni bajarishga tayyorliklarini aytishmoqda.
Mardikorlar orasida yoshlar ham yoshi kattalar ham bor. Har kimning muammosi o‘ziga yarasha - Vano ismli fuqaro aytishiga qaraganda u bir oyda 2 hafta ishlaydi. Ushbu pullar unga oziq-ovqat uchun yetarli. Ish topilmay qolsa - och qolishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Gruziya iqtisodiy va huquqiy jihatdan sobiq SSSRning eng ochiq va demokratik mamlakati hisoblanadi.