Rossiya Afg‘oniston faxriylari ittifoqi vakili Vacheslav Nekrasov chegara yaqinidagi jangarilar muammolari haqida so‘zlab berdi.
“Men Afg‘onistonda 81-yildan buyon madaniyat, ta’lim va sport ishlari bilan shug‘ullanaman. Jiddiy tadbirlar tashkil qilganimizda shunday holatlar bo‘ladiki, afg‘onlar uylaridan chiqishga xavfsirashadi, chunki portlashlar ostida qolib ketishdan qo‘rqishadi”, - dedi Nekrasov Sputnik Tojikiston bilan bo‘lgan suhbatda.
Ekspert hozirda Afg‘onistonda 20 dan ziyod huqumatga qarshi terroristik guruhlar faoliyat olib borayotgani eslatib o‘tadi. Ushbu guruhlar faqat muayan yordam bo‘lgan vaqtda faol harakat qilishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, aynan Afg‘onistonning shimoliy hududlarida harbiy keskinlashuv kuchaymoqda va bunda “sun’iy ravishda yo‘naltiruvchi qo‘l” borligi seziladi.
“Suriyadan jangarilar Buyuk Britaniya kemalarida Pokiston portlariga yetkazilmoqda va gap minglab kishilar haqida bormoqda”, - deya tushuntiradi Nekrasov.
“Tolibon” Tojikiston bilan chegaradagi afg‘on qishlog‘ini bosib oldi
Ekspertning ishonchi komilki, bu Tojikiston bilan chegaradosh hududlarda vaziyatni beqarorlashtirishdagi jangarilarning puxta o‘ylagan rejasidir.
Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan yana bir hududni bosib olgani xabar qilingan edi.