YeOII davlatlari yagona moliya bozori tizimini tasdiqlashdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Armeniyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Armeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlarida yagona moliya bozori tizimini tashkil qilish – ittifoq davlatlari orasida kapital erkin harakatlanishi uchun asos yaratadi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Bugun Yerevanda bo‘lib  o‘tayotgan YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi  davlat rahbarlari sammitida uyushma a’zolari yagona moliya bozori konsepsiyasini tasdiqlashdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Kapitalning erkin harakatlanishi uchun asos yaratildi. Uni amalga oshirish uchun iqtisodni raqamlashtirish kerak. O‘shanda moliya xizmatlari ham rivojlanadi ham hammabop bo‘ladi”, - deb izoh berdi ushbu kelishuvga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

YeOII moliya tizimlarini yagona tizimga keltirish haqidagi dastlabki shartnoma 2016-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda YeOII a’zolari  bank va sug‘urta sohasida 2025-yilga qadar yagona moliya bozori tashkil qilishga kelishib olishgan edi. Ushbu jarayon YeOII doirasida global integratsiyaning bir qismiga aylanishi kerak.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishYerevanda YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi  davlat rahbarlari sammiti
YeOII davlatlari yagona moliya bozori tizimini tasdiqlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Yerevanda YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi  davlat rahbarlari sammiti

Eslatib o‘tamiz, YeOII ittifoqi 2015-yilning 1-yanvaridan ishga tushgan. Dastlab unga faqat Rossiya, Belarus va Qozog‘iston a’zo edi, keyinchalik esa Armaniston va Qirg‘iziston ham qo‘shildi.

Yangiliklar lentasi
0