TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati oltin medal sovrindori Bahodir Jalolovga prezident sovg‘asi topshirildi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, uning chempionatda erishgan g‘alabasi, sportdagi yutuqlari e’tirof etilib, Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan biri Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan JChda oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetov va Bobousmon Baturovlarga "Jentra" avtomobillari kaliti topshirilgani xabar qilingan edi.
9-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.