TOShKENT, 30 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining rais o‘rinbosari sifatida ilk bor mazkur yilning iyunida saylangan O‘zbekiston Respublikasi vakili kuni-kecha o‘z vazifalarini boshlab yubordi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Axborot xizmati xabar qildi.
“2019 yilning 28-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O‘zbekistonning Doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, respublika vakili ushbu funksiyalarni 2020-yilning sentabriga qadar, ya’ni Bosh Assambleyaning 74-sessiyasi yakunlangunicha bajaradi.
Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylanishi respublikaning turli sohalardagi, jumladan Bosh Assambleya tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha hamda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolbo‘yi uchun Ko‘psheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi bo‘yicha sa’y-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi.