Yana bir tez yordam shifokori kaltaklandi, bu safar - Samarqandda

© DaryoNapadenie na vracha skoroy pomoshi v Samarkande
Napadenie na vracha skoroy pomoshi v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda mast bemor tez yordam shifokoriga hujum qildi, endi shifokorning o‘ziga tibbiy yordam kerak bo‘lmoqda.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Samarqandda 29-sentabr kuni shahar tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi, deb xabar qilmoqda “Daryo” nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 29-sentabr kuni ertalab soat 06:40 atrofida shahar tez tibbiy yordam markaziga chaqiriq bo‘lgan. Chaqiriqqa navbatchi shifokor 53 yoshli Nariman Mamutov borgan.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” chaqirish madaniyati – bu nima?

«Kechasi bilan navbatchilikda o‘n beshga yaqin chaqiriqqa chiqdim. Ertalab soat 06:40 atrofida so‘nggi chaqiriqqa yuborishdi. Manzilga yetib borib bemorga yordam ko‘rsatdik. Katta yo‘ldan ketayotganimizda tez tibbiy yordam mashinasida bemor o‘zidan-o‘zi bizga tashlanib, ikki-uch marotaba boshimga urib, qo‘limni xuddi itdek tishlab tortdi”, — deydi Mamutov.

Tez yordam mashinasida bo‘lgan bemorning bunday harakatidan so‘ng, yordamchi hamshira qo‘rqib qolgan. Uning shifokorga ikkinchi bor tashlanishi chog‘ida bemorning sherigi uni ushlab qolgan. Nariman Mamutov notanish kishidan arang qutilib ularni ichki ishlar xodimiga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning turli joylarida shifokorlarga hujum qilish, ularni do‘pposlash hollari tez-tez uchrab turibdi. Aksariyat hollarda, yordam berish uchun kelgan shifokorlar hech qanday sababsiz kaltaklanmoqda. Lekin shifokorga hujum qilgan fuqarolar jazolangani haqidagi xabarlar matbuotda paydo bo‘layotgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0