TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Toshkent viloyatida paxta terimiga chiqqan 92 yoshli onaxonga televizor berildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Piskent tumanida yashovchi 92 yoshli Kuysinoy aya Anorboyeva paxta terimida qatnashib, ilg‘orlik borasida yoshlarga o‘rnak bo‘ldi.
Onaxonning paxta terimdagi ishtiroki uchun viloyat hokimligi tomonidan televizor bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terimda ishtirok etayotganlar uchun taniqli xonandalar ishtirokida konsert ham o‘tkazilgan.