TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Rossiyaning “Rostov” jamoasi tarkibida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov kecha Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda yana bir chiroyli gol urdi.
Eldor juda balanddan va darvozaga nisbatan o‘ta noqulay burchakka to‘g‘ri kelgan to‘pni, avval boshi bilan to‘xtatib oldi va undan so‘ng mohirlik bilan raqib darvozasiga yo‘lladi.
Ushbu to‘pni darvozaga kiritish mumkinligiga hech kim ishonmagandi shekilli, raqib himoyachilari ham darvozabon ham qarshilik ko‘rsatishga ulgurmadi. O‘yinda 3:0 hisobida “Rostov” jamoasi g‘alaba qozondi.
O‘yin komentatori esa Shomurodovning ushbu golini Gollandiya Terma Jamoasi hujumchisi Marko van Bastenning 1988-yilda SSSR darvozasiga kiritgan goliga o‘xshatdi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Eldor Shomurodov Rossiya premyer ligasining birinchi nomer bombardiri hisoblanadi. Ushbu gol uning yutug‘ini yanada mustkahkamladi. Bugungi kun holatiga ko‘ra, Eldor 11 ta o‘yinda 9ta gol urgan.