Jalolobod viloyati Suzak tumanidagi Safarovka qishlog‘ida Putinga o‘xshash bo‘lgan 34 yoshli Medetbek Abjaparov erkak istiqomat qiladi. O‘zi traktorchi va dehqonlardan yordamini ayamaydi. Uning aytishicha, sisosatga qiziqmaydi, lekin Rossiya yetakchisi u uchun namuna hisoblanadi va undan o‘rnak olishni istaydi.
“Yettinchi sinfda o‘qib yurgan kezlarimda Rossiya rahbariga o‘xshashligimni payqashgan. Do‘stlarim hazillashib mening tan soqchim sifatida yonimda yurishardi”, - deya eslaydi qahramonimiz Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusida.
“Putinni ko‘rib qolsam, unga u singari bo‘lmoqchi ekanimni aytaman”, - deydi Abjaparov
“Qirg‘izistonlik Putin” bir necha yil Rossiyada mehnat qilgan. Rossiyaliklar ham uning prezidenta o‘xshashligiga e’tibor qaratishgan. Unga Qizil maydonda Putin qiyofadoshi sifatida ishlashni maslahat berganlar ham topilgan.
Vladimir Putinning qirg‘izistonlik qiyofadoshi qanday hayot kechirayotganini Sputnik lavhasida tomosha qiling.