Toshkentda bir yarim asrlik obida rekonstruksiya qilinmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan tarixiy obyekt madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Hozirda uni qayta tiklash loyihasi boshlangan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik (“Chasovnya”) rekonstruksiya qilinmoqda.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, u yerda 1886-yilda 24 nafar rus askarlari dafn etilgan. Bir qavatdan iborat bino shu kunga qadar o‘zining haqiqiy poydevori va devor qismini saqlab qolgan. 

Madaniyat vazirining 411-sonli buyrug‘iga asosan tarixiy obyekt madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda uni qayta tiklash loyihasi boshlangan.

© Press-slujba xokimiyata TashkentaToshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik (“Chasovnya”) rekonstruksiya qilinmoqda.
Toshkentda  bir yarim asrlik obida rekonstruksiya qilinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik (“Chasovnya”) rekonstruksiya qilinmoqda.

“Ijod-ijod” xususiy korxonasi rahbari Alisher Rahmonovning so‘zlariga qaraganda, Rekonstruksiya ishlari hozircha 2 oyga mo‘ljallangan. Tashqi ko‘rinishini mis tunika bilan qoplanadi, eng yuqori qismida joylashgan xoch esa latundan yasaladi. Askarlarning ism familiyasi yozilgan bo‘lak ham misdan bo‘ladi. Hozir arxiv hujjatlari orqali marhumlarning nomlarini tiklash ishlari olib borilyapti.

Ta’kidlanishicha, “Meros chashmasi” loyihalash tashkiloti uning rekonstruksiya masalasini loyihalashtirgan.  Kuni kecha Rus provoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiya mitropoliti Vladika Vikentiy bu yerga tashrif buyurib,  olib borilayotgan ishlardan mamnunligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0