TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Fransiya xalqiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va mamlakat xalqiga respublikaning sobiq Prezidenti Jak Shirak vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak 86 yoshda yorug‘ olamni tark etgani xabar qilingan edi. Shirak mamlakatni 1995-yildan 2007-yilgacha boshqargan.