TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili mamlakat Rossiya bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishi lozimligini ma’lum qildi.
2008 yildagi urushdan so‘ng ilk bor Rossiya va Gruziya TIV rahbarlari David Zalkaliani i Sergey Lavrov Nyu-Yorkda muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv Shveysariya vositachiligida vazirlarining BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi
“Ikkita yo‘l bor: birinchisi – biz voz kechgan urush yo‘li, ikkinchisi esa – muloqot va diplomatiya yo‘li”, - deya Salome Zurabishvili so‘zlaridan keltiradi Sputnik Gruziya.
Shu bilan birga u uchrashuv barcha hamkorlar tomonidan yuqori baholanganini ta’kidlagan. Gruziya yetakchisi Gruziyada rossiyaliklarga nisbatan salbiy munosabat yo‘qligini qayd etgan.
“Gruziyada rusofobiya yo‘q, u hech qachon bo‘lmagan”, - degan Zurabishvili.
Gruziya Rossiya bilan aloqalarni Moskva 2008-yilda Abxaziya va Sxinval mintaqasi (Janubiy Osetiya) mustaqilligini tan olgandan so‘ng uzib qo‘ygan edi. Gruziya hukumati Abxaziya va Sxinval mintaqasi 1990-yillarning boshidan buyon nazorat qilmaydi. Shveysariya Gruziya va Rossiya o‘rtasidagi vositachi hisoblanadi.