TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasiga BMT bosh qarorgohida Rossiya TIV Sergey Lavrov bilan suhbatlashish ishtiyoqida navbat kutib turgan kishilar aks etgan suratni joyladi.
“Bosh assambleyada nutq so‘zlaganidan keyin Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qilishni istagan xalqaro delegatsiyalar vakillarining BMT bosh qarorgohida navbati. "Rossiya izolyatsiyasini” kuzatishni juda yaxshi ko‘raman”, - deya yozgan Zaxarova.
Keyinchalik vazir bergan matbuot anjumanida ham bo‘sh joy topilmagan.
Lavrov: YeI Markaziy Osiyodagi hamkorlarni Rossiyadan ixlosini qaytarmoqchi
AQShda BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi 21-29 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.