O‘zbekistonda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi

© Press-slujba MinenergoV Uzbekistane vpervie poluchen gaz v doyurskix otlojeniyax
V Uzbekistane vpervie poluchen gaz v doyurskix otlojeniyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini o‘rganish maqsadida ishga kirishdi.

TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi “Shimoliy Muborak” gaz kondensati konida O‘zbekistonda ilk bor “ERIELLGroup” kompaniyasi yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan kuniga 400 m3 gaz oqimini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, gazli obyekt “Shimoliy Muborak” konida 53 sonli quduqni burg‘ulash va o‘zlashtirish natijasida aniqlangan. Shu tarzda paleozoy fundamentida joylashgan yura davrigacha bo‘lgan qatlamlarda unumdor gorizont aniqlandi (shamollatish qobig‘i).

Dobicha gaza - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda yangi gaz koni ochildi

Ta’kidlanishicha, mamlakat hududida ilk bor ushbu qatlamlardan sanoat gazi olingani ahamiyatlidir.

Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini o‘rganish maqsadida ishga kirishdi.

Kelgusida ushbu qatlamlar “Janubiy Muborak”, “Shumak” va “Sho‘rtepa” konlarida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu gazli obyekt razvedkagacha xossaga ega bo‘lib, ayni damda qidirish-baholash ishlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0