TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni Mustaqillik kuni bilan tabriklagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shni davlatlarga taklif bilan chiqqani xabar qilingan edi. Turkmaniston rahbari Kaspiy iqtisodiy forumida qo‘shni davlatlarga “Kaspiy” innovatsion shahrini barpo etishni taklif qilgan edi.